Онлайн заявка
UZ
Ассоциация судебных управляющих
Rasmiy veb-sayt

Oʻzbekiston
sud boshqaruvchilari
assotsiatsiyasi

Sud boshqaruvchilarining kasbiy birlashmasi. Reyestr, tayyorlash va attestatsiya, reyting asosida baholash, malaka oshirish hamda kasbiy manfaatlarni himoya qilish.

2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmon bilan

Assotsiatsiya negizida barcha sud boshqaruvchilari aʼzoligiga asoslangan Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasini tashkil etish maʼqullandi.

Oʻqitish

Seminarlar, qayta tayyorlash va malaka oshirish

Batafsil→

Attestatsiya

Malaka imtihoni va attestat olish tartibi

Batafsil→

Reyestr

Sud boshqaruvchilari haqidagi amaldagi maʼlumotlar

Batafsil→

Reyting

Faoliyat samaradorligi va yillik baholash natijalari

Batafsil→
Qonunchilik

Huquqiy asos

Barcha hujjatlar →

Qonunchilik hujjatlari Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida (lex.uz) ochiladi. Assotsiatsiya hujjatlarini yuklab olish mumkin.

FARMON · 06.05.2026
PF-78
Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari: Palatani tashkil etish, faoliyatni raqamlashtirish va sudgacha sanatsiyani rivojlantirish.
Lex.uz saytida ochish ↗
QAROR · 06.05.2026
PQ-172
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: Adliya vazirligi huzuridagi Agentlikning vazifalari, huquqlari va tashkiliy asoslari.
Lex.uz saytida ochish ↗
QONUN · 12.04.2022
OʻRQ-763
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun. Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari va sud boshqaruvchilari faoliyatining huquqiy asoslari.
Lex.uz saytida ochish ↗
Qanday qilib sud boshqaruvchisi boʻlish mumkin?

Kasbga toʻrt qadam

2026-yil 1-iyuldan sud boshqaruvchilarini tayyorlash huquqi Palataga, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga hamda boshqa akkreditatsiyadan oʻtgan muassasalarga berildi.

01

Oʻqitish

Palata tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan namunaviy oʻquv dasturi boʻyicha tayyorgarlik kursi.

02

Attestatsiya

Malaka imtihoni va sud boshqaruvchisining malaka attestatini olish.

03

Aʼzolik

Kasbiy birlashmaga aʼzo boʻlish va belgilangan badallarni toʻlash. Palata faoliyati yoʻlga qoʻyilgach, aʼzolik majburiy boʻladi.

04

Reyestr

Reyestrga kiritilish va elektron tizim orqali tartib-taomillarga tanlovda ishtirok etish.

Malaka attestati 5 yil amal qiladi. Muddat tugagach, qayta attestatsiyadan oʻtish talab etiladi.

Axborot

Soʻnggi yangiliklar

Barcha yangiliklar →
30.06.2026Yangiliklar

Sud boshqaruvchilarini tayyorlash huquqi Palataga oʻtdi

Yangi qarorlar Palata tomonidan tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni nazarda tutadi.

›
16.05.2026Islohotlar

Adliya vazirligida barcha hududlardan sud boshqaruvchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

PF-78-son Farmon va PQ-172-son Qaror mazmuni yetkazildi, sud boshqaruvchilarining fikr-mulohazalari eshitildi. 150 dan ortiq sud boshqaruvchisi va Assotsiatsiya rahbariyati ishtirok etdi; aloqa 14 hudud bilan bir vaqtda amalga oshirildi.

Batafsil o‘qish →
Qoraqalpogʻiston RespublikasiQoraqalpogʻistonRespublika Adliya vazirligi Xorazm viloyatiXorazm viloyatiAdliya boshqarmasi Qashqadaryo viloyatiQashqadaryo viloyatiAdliya boshqarmasi
›
06.05.2026Islohotlar

PF-78-son Farmon: Assotsiatsiya negizida Sud boshqaruvchilari palatasini tashkil etish maʼqullandi

Farmonda sohani raqamlashtirish, sudgacha sanatsiyani kengaytirish va kasbiy oʻzini oʻzi boshqarish tizimini kuchaytirish belgilangan.

›
06.05.2026Islohotlar

Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi

Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maxsus vakolatli davlat organi sifatida faoliyat yuritadi.

›
Raqamlarda

Soha mamlakat miqyosida

Sud boshqaruvchilarining kasbiy faoliyati, attestatsiya va hududiy qamrov boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar.

431
ta amaldagi sud boshqaruvchisi malaka attestati
14
ta hudud: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
50
ta test savoli; imtihon vaqti — 1 soat
5
yil — malaka attestatining amal qilish muddati
Geografiya

Hududiy qamrov

Yagona kasbiy tizim Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrini qamrab oladi.

Qoraqalpog‘iston Xorazm Navoiy Buxoro Samarqand Qashqadaryo Surxondaryo Jizzax Sirdaryo Toshkent vil. Namangan Andijon Farg‘ona Toshkent sh.
14 ta hudud boʻyicha qamrov Jami — 431 ta amaldagi malaka attestati
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi10
  • Andijon viloyati43
  • Buxoro viloyati50
  • Jizzax viloyati33
  • Qashqadaryo viloyati28
  • Navoiy viloyati9
  • Namangan viloyati21
  • Samarqand viloyati24
  • Surxondaryo viloyati35
  • Sirdaryo viloyati10
  • Toshkent viloyati12
  • Fargʻona viloyati27
  • Xorazm viloyati29
  • Toshkent shahri100

2026-yil 1-avgust holatidagi sud boshqaruvchilari reyestri maʼlumotlari asosida.

Faoliyat

Assotsiatsiya nima bilan shugʻullanadi

Vakolatlar “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasida belgilangan. Palata tashkil etilishi bilan ushbu vazifalar kengaytiriladi.

Reyestr va aʼzolik

Sud boshqaruvchilari reyestrini yuritish, aʼzolikka qabul qilish, sudga nomzodlarni taqdim etish.

↗

Tayyorlash va attestatsiya

Tayyorlash dasturlari, malaka imtihoni, attestatsiya va qayta attestatsiya jarayonlarida ishtirok etish.

↗

Reyting asosida baholash

Sud boshqaruvchilari faoliyatining yillik reytingini shakllantirish va natijalarni eʼlon qilish.

↗

Kasbiy odob-axloq

Kasbiy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularga rioya etilishini nazorat qilish.

↗

Manfaatlarni himoya qilish

Boshqaruvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini davlat organlari bilan munosabatlarda ifodalash.

↗

Normativ ijodkorlikda ishtirok

Boshqaruvchilar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

↗
Boshqaruv organlari

Assotsiatsiyaning boshqaruv tuzilmasi

Assotsiatsiya ustaviga muvofiq (2019-yil tahriri, IV bob).

Umumiy yigʻilish

Assotsiatsiyaning oliy organi. Ustavni qabul qiladi, faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.

5 yilda kamida bir marta
Boshqaruv

Umumiy yigʻilishlar oraligʻidagi davrda ijroiya va rahbarlik organi.

Yiliga kamida 2 marta yigʻiladi
Rais

Joriy faoliyatga rahbarlik qiladi, Assotsiatsiyani ishonchnomasiz ifodalaydi.

5 yilga saylanadi
Taftish komissiyasi

Assotsiatsiyaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat.

3 kishi
Assotsiatsiya haqida

Missiya, vizyon va qadriyatlar

◆ Missiyamiz

Sud boshqaruvchilari reyestrini yuritish, tayyorlash va attestatsiya jarayonlarida ishtirok etish hamda aʼzolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

◉ Vizyonimiz

Raqamlashtirilgan, shaffof va samarali kasbiy hamjamiyatni rivojlantirish, sudgacha sanatsiya va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini kengaytirish.

★ Qadriyatlarimiz

Professionallik, ochiqlik, xolis reyting, kasbiy odob-axloq va faoliyat natijalari uchun masʼuliyat.

Maʼlumot

Koʻp soʻraladigan savollar

Islohot, aʼzolik, tayyorlash, attestatsiya va reyting boʻyicha eng koʻp beriladigan savollarga qisqa javoblar.

Assotsiatsiya yoki Palata — qaysi biri toʻgʻri?
Hozirda rasmiy nom — Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi. 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmonda uning negizida Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasini tashkil etish maʼqullangan. Palata faoliyati rasman yoʻlga qoʻyilgach, u Assotsiatsiyaning barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi boʻladi.
Aʼzolik majburiy boʻladimi?
Ha. Palata barcha sud boshqaruvchilarining aʼzoligiga asoslangan tashkilot sifatida tuziladi. Majburiy aʼzolikka oʻtish tartibi va muddatlari Palatani tashkil etish hujjatlari bilan belgilanadi.
Assotsiatsiyadagi amaldagi aʼzolik nima boʻladi?
Palata Assotsiatsiyaning huquqiy vorisi boʻlgani sababli amaldagi aʼzolik saqlanib qoladi. Hujjatlarni qayta rasmiylashtirish tartibi alohida eʼlon qilinadi — «Eʼlonlar» boʻlimi va Telegram-kanalni kuzatib boring.
Sud boshqaruvchilari qayta tayyorlashdan oʻtishi shartmi?
PF-78-son Farmonga koʻra, 2027-yil 1-iyulga qadar barcha sud boshqaruvchilari maxsus oʻquv dasturlari asosida qayta tayyorlanadi. Dasturlar va mashgʻulotlar jadvali «Oʻqitish» boʻlimida eʼlon qilinadi.
Boshqaruvchi tartib-taomilga qanday tayinlanadi?
Tanlov reyestrga kiritilgan boshqaruvchilar orasidan elektron tizim orqali oʻtkaziladi. Tanlov tartibi va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar «Reyestr» boʻlimida bayon etilgan.
Sud boshqaruvchisining reytingi qanday shakllantiriladi?
Reyting faoliyat natijalari, kasbiy malaka va odob-axloq qoidalariga rioya etilishi boʻyicha koʻrsatkichlar asosida shakllantiriladi. Baholash metodikasi va hududlar boʻyicha yakuniy jadvallar «Reyting» boʻlimida joylashtiriladi.
Malaka imtihonida qancha vaqt beriladi?
Amaldagi tartibga koʻra, 50 ta test savoliga javob berish uchun talabgorga bir soat vaqt ajratiladi. Malaka attestati 5 yil amal qiladi.
Rasmiy kanal

Assotsiatsiya Telegramda

Qonunchilikdagi oʻzgarishlar, muddatlar, attestatsiya, reyting va eʼlonlar — qisqa va birlamchi manbalarga havolalar bilan. @sudboshqaruvchilari_uz

Telefon kamerasini qarating
Murojaatlar

Qaysi masalalarda bizga murojaat qilish mumkin?

Assotsiatsiya sud boshqaruvchilarining kasbiy faoliyati, attestatsiya, oʻqitish, reyestr va reyting masalalari boʻyicha savol va takliflarni qabul qiladi.

01

Attestatsiya va oʻqitish

Malaka imtihoni, qayta attestatsiya, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boʻyicha savollar.

02

Reyestr va reyting

Reyestrdagi maʼlumotlar, malaka attestatining amal qilish muddati va reyting natijalari boʻyicha murojaatlar.

03

Aʼzolik va kasbiy faoliyat

Assotsiatsiyaga aʼzolik, Palataga oʻtish, hududiy faoliyat, kasbiy manfaatlar va ishni tashkil etish masalalari.

Qulay aloqa usulini tanlang

Yozma murojaat uchun quyidagi shakldan yoki elektron pochtadan foydalaning.

E-mail: uzassud@gmail.com
Интересные статьи
30 июня 2026
Oʻquv kurslari Palata tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan namunaviy dasturlar asosida oʻtkaziladi.
16 мая 2026
PF-78-son Farmon va PQ-172-son Qaror mazmuni yetkazildi, sud boshqaruvchilarining fikr-mulohazalari eshitildi. 150 dan ortiq ishtirokchi, 14 hudud bilan bir vaqtda videoaloqa.
06 мая 2026
Palata barcha sud boshqaruvchilarining majburiy aʼzoligiga asoslangan, yuridik shaxs maqomiga ega notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi va Assotsiatsiyaning barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
06 мая 2026
PQ-172-son Qaror Agentlikni toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilaydi.

Задача организации, в особенности же сложившаяся структура организации в значительной степени обуславливает создание новых предложений.  

Aloqalar
Manzil:
100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon koʻchasi, 45
Assotsiatsiyaga murojaat
Assotsiatsiya faoliyati, attestatsiya, reyestr yoki sud boshqaruvchilari reytingiga oid savol va takliflar uchun ushbu shakldan foydalanishingiz mumkin. Rasmiy yozma murojaat uchun «Aloqalar» bo‘limida ko‘rsatilgan pochta yoki elektron pochta manzilidan foydalaning.
Murojaat mavzusi: *
Yuqoriga ko‘tarilish